» » Ukrainaning ShAG akademiyasi O‘zbekistonda АКТ-ta’limini rivojlantiradi

Ukrainaning ShAG akademiyasi O‘zbekistonda АКТ-ta’limini rivojlantiradi


Xalq ta’limi vazirligida ShAG (Qadam) Kompyuter akademiyasi (Ukraina) asoschisi Dmitriy Korchevskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

ShAG Kompyuter akademiyasi — yirik xalqaro o‘quv muassasasi bo‘lib, kompyuter mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradi. Hozirda Akademiyaning 55 ta filiali 18 ta mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Jumladan, akademiya O‘zbekistonda ham bolalar va kattalar uchun kurslar tashkil etgan.

Uchrashuvda Dmitriy Korchevskiy ShAG Kompyuter akademiyasi kurslarining afzalliklari haqida ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kurs tinglovchilari ta’lim olish jarayonida o‘zlariga ish topadi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalarini o‘rgatishda hamkorlik qilish muhokama etilgan. Jumladan, O‘zbekiston viloyatlarida maktab infratuzilmasidan foydalangan holda o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют