» » Chelsi finalda Arsenalni yirik hisobda maglub etib, Yevropa Ligasi golibiga aylandi (video)

Chelsi finalda Arsenalni yirik hisobda maglub etib, Yevropa Ligasi golibiga aylandi (video)


29-may, chorshanba kuni futbol boyicha Yevropa Ligasining finalida Mauritsio Sarri qol ostidagi Chelsi klubi Unai Emeri boshliq Arsenal jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida aristokratlar hujumchisi Olivye Jiru Emerson uzatmasini golga aylantirgan bolsa, 60-daqiqaga kelib Pedro oz nomiga bitta gol yozdirib qoydi (2:0). Oradan 5 daqiqa otib topchilar darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Eden Azar unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi (3:0). Arsenal safida Lukas Torreyra orniga zaxiradan maydonga tushgan Aleks Ivobi 69-daqiqada hisobni qisqartirdi (3:1). 72-daqiqada esa Azar dublga erishdi (4:1).

Shu tariqa Chelsi Boku mezbonlik qilganfinal uchrashuvida Arsenalni yirik hisobda maglubiyatga uchratib, Yevropa Ligasi golibiga aylandi (4:1).

Qayd etish joiz, Chelsi oz tarixida 2-marta Yevropa Ligasida golib chiqdi.

Yevropa Ligasi

Final bahsi

29-may, chorshanba

Gollar: 1:0 49 Jiru, 2:0 60 Pedro, 3:0 65, penalti, Azar, 3:1 69 Ivobi, 4:1 72 Azar

Chelsi: Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjinyo, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Davide Zappakosta, 89), Jiru

Arsenal: Chex, Kosyelni, Monreal (Gunduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett

Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 01:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -