» » Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalarida bahorning boshlanishi

Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalarida bahorning boshlanishi


Bahor dunyoning turli nuqtalariga turlicha kirib keladi. Qayerdadir sakuralar gullab, atrof yashil maysalar bilan qoplansa, boshqa joyda bahor yomg‘ir va eriyotgan muzlar bilan boshlanadi. AdMe nashri taqdim etgan fotojamlanmada sayyoraning turli nuqtalarida bahorning qanday boshlanishi aks etgan.

Sakura deb ataluvchi yapon olchalari har bahorda kunchiqar mamlakatni go‘zallikka burkaydi.

Hamma joyda tabiat uyg‘ona boshlagan vaqtda, Alyaskada hamon qish hukmronlik qiladi. Qor may oyigacha erimaydi.

Tog‘ cho‘qqilaridagi qor yil bo‘yi erimaydi. Tog‘ yonbag‘rida yashnayotgan maysalar bahor kelganidan darak beradi.

Mart oyining boshida tabiat uyg‘onib, qor uyumlari eriy boshlaydi.

Ukraina

Ukraina bahori ranglarga boy. Mart oyida havo harorati +10 darajaga ko‘tariladi va qor tez erib ketadi.

Germaniyada bahor havosi tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iliq kunda to‘satdan qor bo‘roni boshlanishi mumkin, bu holat, asosan, mart oyida yuz beradi. Bahor to‘laligicha aprel oyida boshlanadi.

Bahorda tabiat tez o‘zgaruvchan bo‘ladi, tez-tez shamol va yog‘ingarchilik bo‘lib turadi. May oyida Shveysariyaning shimolida oq tunlar boshlanadi.

Bahor bag‘oyat go‘zal va turli ranglarga boy. Qor erishi bilan, tabiat oq, zangori, pushti gullar bilan qoplanadi.

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, Norvegiyada bahor erta ham, kech ham keladi. Yil iliq kelganda fevral oyida gullar unib chiqib, may oyida esa qor yog‘ishi mumkin.

Odatda, Buyuk Britaniyada bahor anchagina iliq, biroq tabiat tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bir lahzada iliq quyoshli ob-havo sovuq va yomg‘irli kunga aylanishi mumkin.

Boy hayvonot va o‘smlik olamiga ega mamlakatda bahorda havo harorati
+12—22 darajani tashkil qilib, sayyohlar uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida bo‘lgani kabi Ispaniyada bahor yilning eng go‘zal fasllaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning orol qismida bahor o‘zgacha go‘zal.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют