» » AQShda sodir bo‘lgan 50 ta tornado oqibatlari (foto+video)

AQShda sodir bo‘lgan 50 ta tornado oqibatlari (foto+video)


Ogayo shtatining Selina shahri yong‘in xafsizligi xizmati xodimi Brayan Devis 27—28-may kunlari sodir bo‘lgan tornado oqibiatida 81 yoshli erkak halok bo‘lib, yetti kishi jarohatlanganini tasdiqladi, deb xabar berdi Forum Daily. Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 90 ga yaqin uylar zarar ko‘rgan.

Qayd etilishicha, 29-mayga kelib bo‘ronlar kuchayishi kutilmoqda. Bu safargi tornado Texasdan Nyu-Jersigacha 100 milliondan ortiq amerikaliklarga xavf tug‘diradi.

Celina Ohio tornado touchdown Monday night May 27th pic.twitter.com/EDRAngPQe7

— Richard Parrish (@Lima_Parrish) May 28, 2019

Ogayo shtatining Deytron rayoniga eng ko‘p zarar yetgan.

CHILLING NEW DRONE VIDEO of Celina tornado damage. #ohio #DaytonTornado #tornado @WTOL11Toledo pic.twitter.com/0NSZqnv0Tt

— Mel Andrews (@immelandrews) May 28, 2019

Ob-havo milliy xizmati avvalroq 70 mingdan ortiq aholi elektr tokisiz qolganini ma’lum qilgan. Birgina Deytonning o‘zida 60 mingga yaqin odamlar elektr energiyasiz qolgan. Bu butun hududdagi aholining 88 foizidir.

Deytondan bir necha kilometr shimolda joylashgan hududda esa yong‘in xavfsizligi boshlig‘i Xarrison Mark Linch va uning jamoasi uy va mashinalarida qamalib qolgan odamlarga yordam berish bilan shug‘ullangan.

This video taken by our @DriveOhio UAS Center shows the incredible amount of damage along I-75 near Wagoner Ford in Dayton. ODOT crews have been out all day clearing debris. pic.twitter.com/y3CMEekMBK

— ODOT Dayton (@ODOT_Dayton) May 28, 2019

Milliy meteoxizmat dam olish kunlarida sakkizta shtatda 50 dan ortiq tornadolar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. G‘arbda may oyi o‘rtalarida tornado va kuchli po‘rtanalar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, shamol hamda suv toshqini jiddiy zarar yetkazgan.

Po‘rtanalarni prognoz qiluvchi markaz ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 30 kun ichida tornadoga guvoh bo‘lgan 500 tan ortiq kishilarning xabarlari qayd etilgan.

Keyinchalik meteoxizmat 27-may kechasi va 28-may kunduzi Indiana va Ogayo shtatlarida tornado bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Ogayoning o‘zida 27-may kuni 60 mingdan ortiq uylar va tashkilotlar elektr energiyasiz qolgan.

Mahalliy hukumatning xabariga ko‘ra, shtatning sharqiy qismida sodir bo‘lgan tornadoda hech kim halok bo‘lmagan. Ayrim joylarda hatto ogohlantirishga ham ulgurishmagan.

COMPLETE DEVASTATION: Take a look at the damage left behind by a tornado that hit the Dayton, Ohio area on Monday night. At least one person was killed and officials say one of the tornadoes that hit the area was an EF-3 with winds of 140 mph. https://t.co/BpjVI6RL7D pic.twitter.com/6T6V0EkNKp

— Tim Williams (@realtimwilliams) May 28, 2019

Oklaxoma shtati, El-Reno shahriga 25-may kuni yopirilgan tornado mehmonxonani vayron qilib, kamida ikki kishi halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi. Uning oqibatlari hali ham bartaraf etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 03:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют