» » Buxoroda 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Buxoroda 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi


29-may kechasi O‘zbekiston hududida 4,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Podslushano v Buxare” kanali.

Zilzila o‘chog‘i 2 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga eng yaqin shahar 37 kilometr uzoqlikdagi 11 ming aholiga ega Gazli shahri.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 1976-yilning 8-aprel hamda 17-may sanalarida, shuningdek, 1984-yilning 20-martida Gazlida kuchli zilzila sodir bo‘lib, shaharga katta talofat yetkazgan.

8 yil ichida 7 magnitudadan yuqori bo‘lgan uch martalik yer osti silkinishlari dunyo seysmologiya tajribasida kamdan-kam hollarda uchraydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют