» » Sirdaryolik o‘quvchilar uchun “Zomin” oromgohi bunyod etildi

Sirdaryolik o‘quvchilar uchun “Zomin” oromgohi bunyod etildi


Zomin tog‘lari bag‘ridagi Qo‘riq qishlog‘ida Sirdaryo viloyati maktab o‘quvchilari uchun viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli zamonaviy bolalar oromgohi bunyod etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur maskan joriy yilgi mavsum davomida 800 nafar o‘g‘il-qizni qabul qilishi kutilmoqda.

Unda har 8 nafar bola uchun yotoq hamda unga yondosh holda yuvinish xonalari mavjud. Shuningdek, har bir xonaga televizor o‘rnatilgan bo‘lib, ularda markazlashgan boshqaruv asosida bolalarga mo‘ljallangan video ko‘rsatuvlar namoyish qilib boriladi.

Shuningdek, bu yerga keluvchilar oromgoh tomonidan kiyim-bosh va boshqa vositalar hamda to‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. E’tiborlisi shundaki, uzunligi 50 metrlik cho‘milish basseyniga o‘rnatilgan zamonaviy qurilma suv haroratining doimo 26 daraja iliq bo‘lishini to‘liq kafolatlaydi.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Zomin tumanidagi “Guliston” va Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” bolalar oromgohlari ham mavsumga taxt qilib qo‘yildi. Yoz mavsumida uchta oromgohda jami ikki ming nafar o‘quvchi dam olishi mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют