» » Frank-Valter Shtaynmayer Xorazmdan Germaniyaga jo‘nab ketdi

Frank-Valter Shtaynmayer Xorazmdan Germaniyaga jo‘nab ketdi


Avval xabar qilinganidek, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27—29-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Tashrif asnosida an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazildi. Germaniya prezidenti ushbu mamlakatning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi, ishbilarmon doiralarning davra suhbati hamda Gyote haykali va bog‘ining ochilish marosimida qatnashdi, sanoat korxonalari bilan tanishdi.

Frank-Valter Shtaynmayer Xorazm viloyatida ham bo‘lib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbatlashdi, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.

Shu bilan Germaniya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Frank-Valter Shtaynmayer Xorazmdan Germaniyaga jo‘nab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют