» » Isitish radiatorlarini tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur

Isitish radiatorlarini tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur


Har bir uy yoki kvartiraning egasi “yozda chanani va qishda aravani tayyorla” degan xalq donoligini biladi. Ushbu maqol yangi isitish mavsumiga undan oldingisi tugashi bilan tayyorlanish kerakligini anglatadi.

Bugungi kunga kelib, barcha isitish radiarorlari orasida eng mashhurlari alyumin va bimetal radiatorlar hisoblanib, ular asta-sekin avvalgi avlodning eskirgan batareyalarini iste’moldan chiqarib yubormoqda. Har bir radiatorning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bordir. Radiatorlarni xarid qilish paytida ularning tafsilotlarini bilish juda muhimdir, chunki, ko‘pincha, arzon narxga qiziqib sifatsiz mahsulot sotib olish xavfi yuqori bo‘ladi.

Kelajakda qilingan xariddan pushaymon bo‘lmaslik uchun, isitish radiatorlarini tanlashda mutaxassislar quyidagi mezonlarga e‘tibor berishni maslahat beradi:

Avtomatlashtirilgan yig‘ish liniyasi

Akfa radiatorlarini ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Bunday ishlab chiqarish inson omili natijasida yuzaga keladigan nuqson va xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Butun yig‘ish jarayoni, dastlabki tayyor yarim mahsulotni olishdan tortib, tayyor mahsulotni yakuniy nazoratdan o‘tkazgunga qadar, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat‘iy muvofiqlashtirilgan.

Moslashuvchanlik

Shaxsiy talablarga qarab, radiatorlarga 3 qovurg‘adan 14 qovurg‘agacha buyurtma berish imkoniyati bor. Radiatorlar zavodda zamonaviy talablarga muvofiq ishlab chiqariladi.

Kafolat va sifat sertifikatlari

Akfa kompaniyasi isitish radiatorlariga 10 yillik kafolat taqdim etadi, foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda, radiatorlarning xizmat qilish muddati 30 yilni tashkil etadi. Akfa radiarorlari Milan Politexnika Universiteti tomonidan sinovdan o‘tgan va sertifikatlangan, Rossiya GOSTi tomonidan ma‘qullangan, shuningdek, O‘zStandart muvofiqlik sertifikatiga ega.

Seksiya parametrlari

Sifatli radiatorning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri – bu uning og‘irligi hisoblanadi. Yengil radiator – uni ishlab chiqarishda barcha ishlab chiqarish standartlariga rioya qilinmaganligini anglatadi. Xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ko‘ra, Akfa alyumin va bimetal radiatrolarining har bir seksiyasining og‘irligi 1,2 kg dan 1,8 kg gacha tashkil etadi. Shu bilan birga qovurg‘aning qalinligi kamida 1,2 mm, old va orqa devori eni esa 80 mm bo‘lishi kerak.

Dizayn va samaradorlik

Akfa radiatorlarining shakli va dizayni binolarni yanada samarali isitish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Aerodinamik 2 va 3 quloqli qovurg‘alar va konvektsiya ta’siri orqali issiqlik uzatishni yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Korroziyadan himoya

Akfa isitish radiatorlari ham ichki, ham tashqi tomondan korroziyaga qarshi qoplama bilan himoyalangan. Anaforez qoplamasi isitgichning ichki bo‘shlig‘ini kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi. Ko‘p bosqichli ishlov berish jarayonidan o‘tish va maxsus kukunli bo‘yash texnologiyasi Akfa radiatorlari uzoq yillar davomida xizmat qilishini va qoplamasining o‘zgarmasligini kafolatlaydi.

Sifatsiz mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling va mas‘uliyatli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tanlang. Radiatorning haqiqiy xususiyatlarini aks ettiruvchi sertifikatlarini so‘rashni unutmang. Xaridingiz yoqimli bo‘lsin!

www.akfa.uz

+998 71 203 00 00

Telegram: @AKFAGROUP_Official

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют