» » Rossiya yadroviy kelishuvning buzilishi to‘g‘risidagi AQShning aybloviga javob qaytardi

Rossiya yadroviy kelishuvning buzilishi to‘g‘risidagi AQShning aybloviga javob qaytardi


Rossiya AQSh tomonidan ilgari surilayotgan Yadroviy sinovlarni har tomonlama bartaraf etish to‘g‘risidagi shartnomani buzganlikdagi ayblovni mutlaq inkor etadi. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Diplomat amerikaliklarning ushbu ayblovini qurollanish nazoratiga hujum deb atadi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, bu kabi e’tirozlar rasmiy konsultatsiyalarda emas, matbuot orqali e’lon qilinmoqda.

29-may kuni AQSh harbiy razvedka boshlig‘i Robert Eshli “Rossiya yadroviy sinovlar to‘g‘risidagi moratoriyga amal qilmayapti” degan edi.

Mazkur ayblov Vashingtonning o‘zidayam tanqid qilingan. Xususan, Amerika qurollanish nazorati assotsiatsiyasi Robert Eshlining ayblovini asossiz deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют