» » Suriya muxolifati Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi

Suriya muxolifati Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi


Suriya muxolifatining muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitasi o‘z delegatsiyasi Jenevadagi muzokaralarning navbatdagi raundida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda delegatsiya a’zosi Yahyo al-Aridiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Taklifnomalar jo‘natilgan. Delegatsiya Jenevaga 22-mart kuni yetib boradi va ertasidan muzokaralarga kirishadi”, — deya ta’kidladi Yahyo al-Aridiy. 

Muxolifat vakiliga ko‘ra, qo‘mita bo‘lajak muzokaralarda ishtirok etishga jiddiy qaramoqda. Delegatsiya tarkibiga qurolli guruhlar vakillari ham kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tgan Suriya bo‘yicha oxirgi muzokaralarda muxolifat ishtirok etmagandi. 

Опубликовано: admin (20-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют