» » Qirg‘izistonning O‘sh shahrida go‘sht bozori va do‘konlari yopildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida go‘sht bozori va do‘konlari yopildi


Qirg‘izistonning O‘sh shahrida qassobxonalar egalari munitsipalitet binosi oldida to‘planib, mer bilan uchrashuv o‘tkazilishini talab qildi. Bu haqda O‘zА xabar bermoqda.

Ish tashlashga ularning mahsulotlariga keskin talablar qo‘yilishi sabab bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilarining so‘zlariga qaraganda, Qirg‘iziston veterinariya inspeksiyasi O‘sh shahri bo‘yicha idorasining qassobxonalarni yopish bo‘yicha buyrug‘i chiqqan. Bundan tashqari, viloyatdan shaharga go‘sht olib kirish taqiqlandi.

Vetinspeksiyasining ta’kidlashicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga mos kelmaydigan qassobxonalar berkitilmoqda va epizootik vaziyat ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

28—29-may kunlari O‘shda go‘sht bozori va do‘konlari berkitilgan. Bunga qarshi ish tashlashlarda 250 nafar qassobning 200 nafari ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют