» » Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Xorazmga keldi

Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Xorazmga keldi


Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 30-may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov kutib oldi.

Rossiya Bosh vaziri Urganch shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston — Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.

Yig‘ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют