» » MIB tadbirkor Timur Musinga tegishli obyektlar sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

MIB tadbirkor Timur Musinga tegishli obyektlar sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Majburiy ijro byurosi ijtimoiy tarmoqlarda Caravan Group MChJ restoranlari bilan bog‘liq vaziyat borasida tarqalgan ma’lumotga rasmiy munosaabat bildirdi. Bu haqda “Daryo” ga Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor “Kreative Studio Caravan” MChJ, “Protekt Konsalt” MChJ, Caravan Group MChJ va “Karavan Art” MChJlardan (tadbirkor Timur Musinga tegishli korxonalar) АT “Аsakabank” foydasiga jami 15,5 milliard so‘m, АTB “Kapital bank” foydasiga 3,7 milliard so‘m va davlat foydasiga 77,2 million so‘m undirish, kredit qarzdorligi bo‘yicha undiruvni jami bahosi 21,6 miliard so‘mga teng garovda bo‘lgan: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasi 253-uy, Yakkasaroy tumani А.Qahhor ko‘chasi 25-uy, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jakent mavzesi hamda Xo‘jakent QFY hududida joylashgan bino-inshootlarga qaratish belgilangan.

Ijro hujjatlari bo‘yicha tegishli tartibda ijro ishlari qo‘zg‘atilib, qarzdor korxonalarga ijro hujjati talablarini bajarish uchun 15 kungacha bo‘lgan ixtiyoriy muddatlar belgilangan va qaror nusxalari tegishli tartibda korxona rahbarlariga topshirilib, ular xabardor qilingan. Shuningdek, ijro harakatlari haqida shaxsan Timur Musinga ham MIB xodimlari tomonidan tushuntirish berilgan.

Qarzdorlar tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor korxona rahbarining Byuro xodimlari harakatlariga e‘tiroz bildirishi o‘rinsiz. Majburiy ijro Byurosi mazkur qarzdor korxonaga nisbatan ijro harakatlarini faqatgina sud qarori ijrosini qat‘iy ta‘minlash doirasida amalga oshirmoqda.

Majburiy ijro harakatlari davomida Yakkasaroy tumani A.Qahhor ko‘chasi 25-uy (Chelsea ARMS, bahosi 4 mlrd. so‘m) hamda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jakent mavzesida joylashgan (Cinara‘s, 6 mlrd. so‘m) bino inshootlar xatlanib, qarzdor korxona rahbarlariga tegishli tartibda xabarnoma yuborilgan holda joriy yilning 14-may sanasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan. Ushbu ko‘chmas mulklarning auksion savdolari joriy yilning 13 va 14-iyun kunlari o‘tkazilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют