» » Samarqandda mast holatda ulfatlarini pichoqlab, ulardan birini o‘ldirgan shaxs 22 yilga qamaldi

Samarqandda mast holatda ulfatlarini pichoqlab, ulardan birini o‘ldirgan shaxs 22 yilga qamaldi


2018-yilning 11-dekabr kuni soat taxminan 18:00 atrofida Rahmatilla Mahramov Bulung‘ur tumani “Ulug‘bek” MFYdagi o‘zining yashash uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib turganida uning oldiga mast holatda bo‘lgan ikki ulfati M.A. va F.N. kelgan. Ular F.N.ning sochini olib qo‘yishini aytgan.

Rahmatilla Mahramov mast holatda bo‘lgan F.N.ning sochini olayotganida uni kamsitishgan. Qolaversa, ular o‘zlari bilan olib kelgan spirtli ichimlikni Rahmatilla Mahramovning xohishiga qarshi iste’mol qilishini talab qilgan. Majburiy tarzda spirtli ichimlik ichgan Rahmatilla Mahramov ularga nisbatan bo‘lgan nafrati uyg‘onib, qarshilik qilish uchun jismoniy kuchi yetmasligini anglab, go‘yoki o‘zini ularning oldida xushmuomala tutib, qasd olishni rejalashtirgan.

Spirtli ichimlik iste’mol qilishi davomida ular o‘rtasidagi kelishmovchilik yanada avj olgan. O‘zining jismonan zaifligini bilgan Rahmatilla Mahramov oldindan o‘ylangan jinoiy reja asosida F.N. va M.A.larni qasddan o‘ldirishida foydalanish uchun oshxona pichog‘ini to‘shagidagi yostig‘i tagiga yashirib qo‘ygan.

Rahmatilla Mahramov o‘zini holdan toygan odamdek tutib, spirtli ichimlik iste’mol qilib turgan F.N. va M.A.larga uxlashini aytgan. U xonaning chirog‘ini o‘chirib, o‘zini go‘yoki uxlab qolgandek tutib, F.N. va M.A.ni uxlab qolishini kutib turgan.

F.N. va M.A. uxlab qolganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng Rahmatilla Mahramov yostig‘ining tagida yashirib qo‘ygan oshxona pichog‘ini olib, mast holatda uxlab yotgan ulfatlariga tan jarohati yetkazgan.

Rahmatilla Mahramov M.A.ni qasddan o‘ldirganiga to‘liq ishonch hosil qilgach, jinoiy niyatini yakuniga yetkazish uchun F.N.ni qasddan o‘ldirish maqsadida uning qorin va ko‘krak sohalariga qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan yana bir necha marotaba urgan.

Rahmatilla Mahramov yetkazgan tan jarohatlari F.N.ning hayoti uchun xavfli ekanligini anglab, uni vafot etdi deb o‘zining jinoiy harakatlarini to‘xtatgan. Biroq Rahmatilla Mahramovning qo‘shnisi tez tibbiy yordamga qilgan murojaati asosida shifokorlar F.N.ning hayotini saqlab qolgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi To‘lqin Qodirovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Rahmatilla Mahramov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsni; aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют