» » O‘zbekistonda hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda


Parlament quyi palatasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan yangi qonun loyihasining dastlabki variantida mazkur me’yor o‘z aksini topgan bo‘lib, hozirda ushbu hujjat keng jamoatchilik va ekspert doiralari muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov fikr yuritgan.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturining 28-bandida hokimning xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish nazarda tutildi.

Davlat dasturining ushbu bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining 2019-yil 3-apreldagi qo‘shma qarori bilan viloyat, tuman, shahar hokimlarining xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, parlament palatalari, tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzildi.

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Janubiy Koreya, Yaponiya, Kanada, Gruziya, Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston singari qator davlatlarning mahalliy vakillik va ijro organlari rahbarlari maqomi va vakolatlari bo‘yicha tajribasi o‘rganilib, ushbu mavzularda olib borilgan fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar tahlil qilindi, amaldagi qonun hujjatlarining to‘liq inventarizatsiyasi o‘tkazildi.

Ishchi guruh tomonidan hokimning xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi munosabati bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan masalalar — kengashlar faoliyatini takomillashtirish, shtat birliklariga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa masalalar joylarga chiqib o‘rganildi. Ushbu masala yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar olib borilib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tanqidiy tahlil tarzida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishchi guruh, shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Hokimning xalq deputatlari kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining dastlabki varianti ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida:

Hokimlarning mahalliy vakillik organlari rahbarlari sifatidagi maqomini bekor qilish;

xalq deputatlari kengashi raisi lavozimini joriy qilish;

xalq deputatlari kengashi raisi va uning o‘rinbosarlarining maqomi;

kengashlarda doimiy asosda ishlovchi deputatlar faoliyatini tashkil etish;

xalq deputatlari kengashi raisi va uning o‘rinbosarini saylash tartibi;

xalq deputatlari kengashi faoliyatini samarali tashkil etish hamda doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirib borish maqsadida Rayosat tashkil etish;

xalq deputatlari kengashida doimiy asosda ishlovchi deputatlar faoliyatining kafolatlarini belgilash;

xalq deputatlari kengashlari faoliyatiga tashkiliy, moddiy-texnik va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashuvchi kotibiyatlar faoliyatini tashkil qilish kabi kompleks masalalar o‘z yechimini topgan.

Hozirda mazkur qonun loyihasi keng jamoatchilik va ekspert doiralari muhokamasidan o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют