» » Toshkentda Navro‘z xalq sayillari boshlandi (fotogalereya)

Toshkentda Navro‘z xalq sayillari boshlandi (fotogalereya)


Toshkentda 20-mart kuni erta tongdanoq dam olish maskanlari va istirohat bog‘larida xalq sayillari, davlat va nodavlat tashkilotlari, hunarmandchilik muassasalarining ko‘rgazmalari, o‘zbek milliy musiqa san’ati namoyandalari, bolalar raqs ansambllarining badiiy chiqishlari, mahalliy aholi hamda mehmonlar diqqat e’tiborida bo‘ldi. Bundan tashqari, dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari tashkil etildi.

“Daryo” muxbiri Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug‘bek haykali orqasidagi maydon hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida bo‘lib, ushbu maskanlardagi xalq sayillaridan fotoreportaj tayyorladi.

Eslatib o‘tamiz, ommaviy sayillar ertaga Toshkentning 23 ta hududida davom ettiriladi.

Mavzuga doir:Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют