» » Suriyadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar, Buxorodagi zilzila, Prezidentga qo‘yib berilgan “andijoncha spektakl” va kunning boshqa xabarlari

Suriyadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar, Buxorodagi zilzila, Prezidentga qo‘yib berilgan “andijoncha spektakl” va kunning boshqa xabarlari


30-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.

***

29-may kechasi O‘zbekiston hududida 4,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘chog‘i 2 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga eng yaqin shahar 37 kilometr uzoqlikdagi 11 ming aholiga ega Gazli shahri.

***

Prezidentga “andijoncha spektakl” qo‘yilgani rostmi?

28-may kuni “Ozodlik” radiosida andijonlik 35 yoshli Xurshida Tillayevaning video murojaati e’lon qilindi. Ikki nafar farzandi bor ayolning ta’kidlashicha, unga 16-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Andijonga tashrif buyurganida “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiriga xursandligidan yangi uyga ko‘chib o‘tganligini aytish mutasaddilar tomonidan tayinlangan. U esa quvonganidan intervyu bergan va bu efirga uzatilgan. Ammo Prezident viloyatdan poytaxtga qaytishi bilan ayoldan uy olib qo‘yilgan.

***

Xitoyda dunyodagi eng tezyurar poyezd ishga tushirildi.

Xitoyning CRRC korporatsiyasi soatiga 600 kilometr tezlikda yuradigan magnit yostiqli maglev poyezdlari prototipini namoyish etdi.

***

Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 30-may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

30-may kuni Shavkat Mirziyoyev hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют