WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Andijonda 30 ming dollarni 255 mln so‘mga sotishga uringan valyutafurush ushlandi
Andijonda 30 ming dollarni 255 mln so‘mga sotishga uringan valyutafurush ushlandi
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir davomida M.X. xaridor M.O.ga 30.000 AQSh dollarini 255,6 million so‘mga sotishga kelishib, M.O.dan kelishilgan summani olgani aniqlandi.
Buning evaziga 20.000 dollarni qonunga xilof ravishda o‘tkazib, 10.000 dollarni keyinroq berishini aytib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?