» » Buxoroda 110 milliard so‘mga yaqin soliq qarzdorliklari undirildi

Buxoroda 110 milliard so‘mga yaqin soliq qarzdorliklari undirildi


Buxoro viloyati Shofirkon tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mita raisi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi yillar davomida undirilmay kelayotgan soliq qarzdorliklarini tugatish choralarini ko‘rishga ham e’tibor qaratdi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jumladan, Shofirkon tumanidagi 2 yildan buyon soliq qarzini to‘lamay kelayotgan non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Bog‘i afzal nurli kelajak” ishlab chiqarish korxonasining ijro hujjatiga asosan 80 million so‘mlik soliq qarzi shu kuni ishchi guruhi tomonidan naqd pul ko‘rinishida undirib olindi.

“Tadbir davomida tumandagi boshqa shu turdagi 10 dan ortiq tadbirkorlar ham jami 28 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorliklari ixtiyoriy to‘lab berilmagan taqdirda mol-mulki xatlanib olinishini bilgach, shu kunning o‘zida soliq qarzdorliklarini to‘lab qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, joriy yil may oyining o‘zida viloyatdagi qarzdor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2 milliard 760 million so‘mga yaqin soliq qarzdorliklari undirildi.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyida esa viloyatdagi soliq qarzi mavjud korxonalarning 110 milliard so‘mga yaqin soliq qarzdorliklari undirilib, ushbu mablag‘lar budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga o‘tkazib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют