» » Ozbekistonda paxta kosagini teradigan mashina ishlab chiqariladi

Ozbekistonda paxta kosagini teradigan mashina ishlab chiqariladi


Poytaxtdagi Milliy matbuot markazi binosida Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati hamkorligida 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda Otkazilgan xalqaro korgazmalarda jamiyatning ishtiroki sifatidagi tajribalari, erishilgan natija va belgilangan ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani otkazildi, bu haqda OzA xabar qiladi.

Unda soha xodimlari, mutaxassislar, talaba-yoshlar va jurnalistlar qatnashdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan mamlakat vakillarining Turkiyaning Konya, Rossiyaning Moskva, Germaniyaning turli shaharlarida bolib otgan va Belarusning Minsk shaharlarlarida boladigan xalqaro korgazmalarga tayyorgarlik jarayonlari haqida malumot berildi.

2018-yil mobaynida Ozagrotexsanoatxolding AJ tomonidan 11 ming 570 dona qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berildi.

2018-yil Sirdaryo viloyatida paxta terish mashinalarimiz hosilni yigib olgan. Ushbu mashinalarni 20192021-yilgi hosil yigim-terim ishlarida Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlariga ham jalb qilishni rejalashtirganmiz, deydi Ozagrotexsanoatxolding AJ boshqarma boshligi Hasan Nasibov.

Qayd qilinishicha, shu vaqtga qadar AQSh va Ozbekistondagina paxta terish mashinalari ishlab chiqarilsa, 2018-yildan faqat Ozbekistondagina paxta kosagini terish mashinasi ishlab chiqarish yolga qoyildi. 2020-yildan qoshni mamlakatlarga, 20212023-yillardan uni yanada takomillashtirib Yevropa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Ushbu mashina bilan qiziquvchilar Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodining korgazma zaliga borib, uni tomosha qilishi va ishlash funksiyalari bilan tanishishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-05-2019, 06:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -