» » Vengriya politsiyasi sayyohlar tushgan kater bilan to‘qnashuvni sodir etgan kema kapitanini qo‘lga oldi

Vengriya politsiyasi sayyohlar tushgan kater bilan to‘qnashuvni sodir etgan kema kapitanini qo‘lga oldi


Vengriya politsiyasi Dunay daryosida sayyohlar tushgan kater bilan to‘qnashuvni sodir etgan kruiz kemasi kapitanini qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq politsiya Viking Cruises kompaniyasiga tegishli Sigyn kemasining ukrainalik kapitanini so‘roq qilgani bildirilgandi.

“So‘roqdan so‘ng Odessada yashovchi 64 yashar Yuriy S. qo‘lga olindi. Biz uni hibsga olishga order so‘radik”, — deyiladi politsiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Sigyn kemasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng bortida 33 nafar Janubiy koreyalik sayyoh va 2 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan kater ag‘darilgan va cho‘kib ketgandi. Buning oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi bedarak yo‘qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют