» » Joan Rouling “Garri Potter” haqida yana to‘rtta kitobni taqdim etadi

Joan Rouling “Garri Potter” haqida yana to‘rtta kitobni taqdim etadi


Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Garri Potter olami haqida yana to‘rtta kitob chiqarish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Mirror.

Yangi kitoblar o‘quvchini Xogvarts sehrli olami bilan yanada yaqinroq tanishtiradi, sehrgarlar maktabida o‘tiladigan darslar haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qismlar elektron kitob shaklida Garri Potterning rasmiy saytida e’lon qilib borilishi kutilmoqda.

Iyun oyining oxirida “Qora kuchlardan himoyalanish va sehrlar olamiga sayohat”, “Damlamalar va gerbologiyaga kirish” qismlarini e’lon qilish rejalashtirilgan. “Bashoratchilik va astronomiyaga sayohat” hamda “Fantastik hayvonlarni boqish haqida” nomli qismlari esa qachon ommaga taqdim etilishi hozircha noma’lum.

Kitoblarga illyustratsiya chizish bilan rassom Roxan Deniel Ison shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют