» » Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi: Rossiya bilan muzokaralar faqatgina “Normand formati”da o‘tkaziladi

Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi: Rossiya bilan muzokaralar faqatgina “Normand formati”da o‘tkaziladi


Ukraina hukumati Donbassdagi urush bo‘yicha eng muhim qarorlarni “yaxshilab o‘ylab ko‘radi va barchasini “Normand formati”da amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk ma’lum qildi, deb xabar beradi “Liga.Novosti”.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan hech qanday aloqasi yo‘q: u avvalo muzokaralar pozitsiyasini shakllantirish lozim deb hisoblaydi. Shundan keyingina muzokara “Normand formati”da o‘tkaziladi — Ukraina/Germaniya/Fransiya/Rossiya ishtirokida to‘rt tomonlama muzokara.

Danilyukning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy ushbu qoidaga amal qiladi.

“Ushbu format bizga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin, biroq bu bir necha yillardan beri mavjud va unga ko‘plab jarayonlar, qarorlar… va Rossiyaga katta talofat yetkazayotgan sanksiyalar bog‘liq. Bu Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokalar o‘tkazishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”, — deydi Danilyuk.

“Normand formati”da uchrashuv kuzda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Normand to‘rtligi”ning yetakchilari oxirgi marta 2018-yilning 11-iyunida Berlinda uchrashishgan va biror bir ahamiyatli natijaga erisha olishmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют