» » Olimlar chekish erkaklar umrini 9 yilga qisqartirishini aniqladi

Olimlar chekish erkaklar umrini 9 yilga qisqartirishini aniqladi


Chekish erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 9 yilga, ayollar umrini esa deyarli 6 yilga qisqartiradi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda rossiyalik mutaxassislarning “Trezvaya Rossiya” loyihasi tahliliy hisobotida keltirilgan.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada chekish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra har yili 300 mingdan ortiq odamlar vafot etadi. Bu o‘limning boshqa tashqi sabablari (YTH, spritli ichimlimklardan zaharlanish va qotilliklarning umumiy hisobi)dan uch baravar ko‘pdir.

Shuningdek, qayd etilishicha, aktiv va passiv chekish qon aylanish tizimi kasalliklari va va yangi o‘smalar kelib chiqishining asosiy omili hisoblanadi.

Bolalik va o‘smirlik davrida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishi yosh organizmning to‘g‘ri shakllanishiga imkon bermaydi. Oqibatda xotira, ko‘rish, eshitish borasida muammolar paydo bo‘ladi, gormonlar buzilishi, ichki organlar kasalliklari kuzatiladi, saraton kasalligi xuruji ortadi hamda jismoniy va ruhiy rivojlanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, restoranlarda chekiladigan kalyanlar dezinfeksiyalanmaydi va unda infeksiyali kasalliklar qo‘zg‘atadigan bakteriyalar bo‘lishi mumkin.

“Kalyanlarni ishonch bilan ommaviy iste’mol qilinadigan ingalyator deyish mumkin. Bunda kafe va restoranlarda foydalaniladigan kalyanlar tarkibiy qismi bo‘lgan chekish trubkalari va kolbalarda stafilokokk, sil kasalligi, gerpes va A gepatiti qo‘zg‘atuvchilari va boshqa bakteriyalar bo‘ladi”, — deyiladi hisobotda.

Mutaxassislarning fikricha, yuqoridagi kasallik qo‘zg‘atuvchilarning atigi bittasi bo‘lganda ham Rospotrebnadzor tomonilan ulardan foydalanishni taqiqlashga sabab bo‘ladi. Qayd etilishicha, ayrim bakteriyalar faqatgina spirt eritmasi yoki xlor bilan ketqazish mumkin. Shu bilan birga, bunday dezinfeksiyani har bir kalyan chekkan odamdan so‘ng amalga oshirishi talab etiladi.

Tamaki mahsulotini saqlash qoidasining buzilishi ham undan ko‘p miqdorda zararli moddalar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli “Trezvaya Rossiya” mutaxasssislari kalyanlar uchun mo‘ljallangan tamaki tarkibida zararli moddalarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil tadqiqod o‘kazish va uning natijalarini ommaga ma’lum qilishni taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют