» » O‘zbekiston ta’lim muassasalarida “Ekologik madaniyat oyligi” o‘tkaziladi

O‘zbekiston ta’lim muassasalarida “Ekologik madaniyat oyligi” o‘tkaziladi


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida joriy yilning 20-martidan 20-apreligacha “Ekologik madaniyat oyligi” o‘tkaziladi, deya xabar beradi O‘zA.

Shu munosabat bilan Yoshlar ijod saroyida hamkor tashkilot vakillari, harakat faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda ona tabiatni asrash, atrof-muhit sofligini saqlash, tozalik, ozodalik, poklik o‘zbek xalqiga xos qadriyat ekanligi ta’kidlandi.

Oylik doirasida ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va tozalash maqsadida “Yoshlar hashari”, “Ekologik laboratoriya”, “Ekologik ekskursiya”, “Har bir yoshga bir nihol!” kabi o‘nga yaqin loyiha amalga oshiriladi.

“Eko-tashabbus” loyihasi yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, “Yashil chorlov” aksiyasi harakatning boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro bellashuv tarzida o‘tkazilishi bilan farqlanadi.

“Ajdodlar xotirasi muqaddas!” loyihasi doirasida muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlar obodonlashtirildi. Ko‘chatlar ekilib, daraxtlar oqlandi.

Oylik doirasida o‘quv-seminarlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют