» » Zelenskiy Prezident administratsiyasi sportzalida tushgan suratini namoyish qildi

Zelenskiy Prezident administratsiyasi sportzalida tushgan suratini namoyish qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bankovo ko‘chasidagi Prezident administratsiyasida sport bilan shug‘ullanmoqda. U 31-may kuni sportzalda tushgan suratini o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi.

“Bankovoda. Hech bo‘lmasa gantellarni o‘g‘irlashmabdi”, — deb yozgan Zelenskiy.

Suratda, shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Andrey Bogdan ham bor.

Avvalroq shu haftada Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Danilyuk o‘zining sahifasida video joylagan edi. Unda Prezident administratsiyasining situatsion xonasidan monitor va serverlar yo‘qolganini aytgan.

Shundan so‘ng sobiq prezident Pyotr Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Segolkoning xabari paydo bo‘lgan. U Prezident administratsiyasidagi barcha texnikalar Poroshenkoning hisobiga ijaraga olingani, shu sababli ular egasiga qaytarilganini aytgan.

O‘z navbatida, Pyotr Poroshenko davridagi Prezident administratsiyasi rahbarining sobiq o‘rinbosari olib ketilgan serverlar ichida maxfiy hujjatlar yoki ma’lumotlar bo‘lmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, situatsion xona arxitekturasi videoserverlardan boshqa hech qanday serverlarga mo‘ljallanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют