» » Buyuk Britaniya 29-martda Brexit’ni boshlaydi

Buyuk Britaniya 29-martda Brexit’ni boshlaydi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 29-martda Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini boshlaydi. Jarayon doirasida bosh vazir Yevropa Ittifoqiga xat yuboradi va bu Brexit’ning rasman boshlanishi bo‘ladi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

Shu tariqa, xat qabul qilib olingan vaqtdan boshlab ikki yillik hisob boshlanadi. Bu muddat ichida mamlakat Ittifoqdan chiqishni yakunlashi kerak.

Brexit boshlanganidan so‘ng London va Bryussel o‘rtasida mazkur masala yuzasidan muzokaralar boshlanishi mumkin.

Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha mamlakat vazirligi ushbu xabarni tasdiqladi. 13-martda mamlakat parlamenti Tereza Meyga Brexit’ni amalga oshirish vazifasini topshirdi, 16-martda esa qirolicha Yelizaveta II Brexit bo‘yicha qonunni ma’qulladi va qonun kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют