» » “Arsenal” PSJ himoyachisiga ko‘z tikdi

“Arsenal” PSJ himoyachisiga ko‘z tikdi


“Arsenal” PSJning o‘ng qanot himoyachisi Toma Menyega qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Ma’lum bo‘lishicha, Belgiya terma jamoasining 27 yoshli o‘yinchisi hamda London klubi o‘rtasidagi transfer bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga o‘tgan.

“To‘pchilar” Menyega 5 yillik shartnoma taklif qildi. Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Toma Menye 2018/19-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют