» » O‘zbekistondagi ilk AES Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonga quriladi

O‘zbekistondagi ilk AES Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonga quriladi


O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida Atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va mazkur hamkorlik doirasidagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish maqsadida, 2018-yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan tahminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi, deb xabar berdi “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati.

Xususan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda olib borildi.

Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida AES qurilishini amalga oshirish loyihasini nazorat qiluvchi respublika ishchi guruhining qo‘shma majlisi va O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining ilmiy – texnik va ekspertlik kengashi qarori, shuningdek, mutaxassissilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib, AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.

Hozirgi kunda tanlangan maydonni tasdiqlash hamda litsenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17 may kuni “Atomstroyeksport” (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muxandislik bo‘limiga tegishli AJ) bilan tenik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolandi, mazkur jarayonning dasturini ishlab chiqish hamda hodimlar va texnika mobilizatsiyasi (taqsimoti) bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют