» » 19 qavatli uy ichidan o‘tuvchi bir relsli yo‘l (foto va video)

19 qavatli uy ichidan o‘tuvchi bir relsli yo‘l (foto va video)


Xitoyning Chunsin shahri metropoliteni quruvchilar tomonidan yer ustidagi bir relsli yo‘nalishni qurishda qabul qilingan noodatiy qaror bilan sayyohlar va fotograflar e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. 2004-yilda yo‘nalishni qurishda 19 qavatli binoni aylanib o‘tish emas, balki yo‘lni binoning ichidan o‘tkazishga qaror qilingan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

OAVlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tovush izolyatsiyasi shu darajada qilinganki, poyezdning ovozi idish yuvish mashinasi ovozidan pastroq chiqadi. Biroq binoda yashovchilarning ba’zilari bosh og‘rishidan shikoyat qiladi.

Shahar transport departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qaror shaharda aholining juda zich yashashi sababli qabul qilingan. Aholining zichligi ko‘pincha avtomobil va temir yo‘llarning qurilishida jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 28 dan 40 milliongacha aholi istiqomat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют