» » Toshkentda MIB xodimi pora olayotganida ushlandi

Toshkentda MIB xodimi pora olayotganida ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan kafe oldida MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi javobgarlar M.F. va boshqalardan da’vogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda javobgarlarga tegishli bo‘lgan avtomashinani S.F. nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun undan 750.000 so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni chiqarib, Mersedec-Benz 320E rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2.400 AQSh dollari va 300.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют