» » IIV YHXBB: “Nosoz yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganida, muammolarning 80 foizi hal bo‘lardi”

IIV YHXBB: “Nosoz yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganida, muammolarning 80 foizi hal bo‘lardi”


Ichki ishlar vazirligi tomonidan nosoz yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga kiritilayotgan takliflarning 50 foizi ham bajarilmayapti. Bu haqda jurnalistlar bilan 30-may kuni o‘tkazilgan ochiq muloqotda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Muloqot davomida jurnalistlar nosoz yo‘llar tufayli ko‘plab yo‘l-transport hodislari yuz berayotgani va buni bartaraf etish ishlari sust borayotganligini ta’kidladi. Bunga javoban Erali Bozorov IIV YHXBB yo‘l qurilish tashkiloti emasligini eslatib o‘tdi.

“Yo‘l qurilishi bilan shug‘ullunuvchi Avtomabil yo‘llari davlat qo‘mitasi va hududlarda davlat hokimiyat organlari bor. Bizning boshqarma quruvchi tashkilot emas, biz faqat yuqori turuvchi mutasaddi tashkilotlarga taklif kirita olamiz, xolos”, — dedi polkovnik Bozorov.

Uning aytishicha, YHXBB tomonidan nosoz yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli idoralarga kiritilayotgan takliflarning yarmi ham qanoatlantirilmagan.

To‘g‘ri, o‘nqir-cho‘nqir va ta’mirtalab yo‘llar talaygina. Yo‘lning sozligiga javobgar idoralarga viloyatlardagi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan oyda besh-oltita taqdimnoma kiritiladi.

Bosh boshqarma tomonidan esa Vazirlar Mahkamasiga axborotnoma yuboriladi. Bundan tashqari, kiritilgan barcha taqdimnomalarning nusxalari prokuratura organlariga axborot tariqasida berib boriladi.

Nosoz yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganda edi, hozirgi muammolarning 80 foizi hal bo‘lardi.

Erali Bozorov, YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari

Anjumanda YHXBB vakillari nosoz yo‘llar tufayli ro‘y berayotgan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha aniq statistik ma’lumot taqdim eta olmadi.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari: Rossiyada yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanmaganlik uchun jarima miqdori 65 ming so‘m etib belgilangan; Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta ko‘rib chiqilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют