» » Inson umrini qisqartiruvchi mahsulotlar ma’lum qilindi

Inson umrini qisqartiruvchi mahsulotlar ma’lum qilindi


Bir guruh amerikalik, ispaniyalik va braziliyalik olimlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

105 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uzoq muddatli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqat eng zararlisi deb topildi.

Non mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, gazli ichimliklar, makkajo‘xori yormasi, qayta tiklangan go‘sht va baliq mahsulotlari yuqori darajada ishlangan mahsulotlar hisoblanadi. Ular tarkibida shakar, yog‘, tuz, sun’iy rang va ta’m ko‘p miqdorda mavjud. Buning evaziga ushbu mahsulotlar tarkibida vitamin va to‘qimalar juda kam bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish 11—13 foizga turli yurak va qon tomirlari kasalliklari xavfini oshiradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga to‘rt porsiyadan ziyod qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish 62 foizga o‘lim xavfini oshiradi. Bunday mahsulotlarning har bir qo‘shimcha qismi ushbu xavfni 18 foizga oshiradi.

Avvalroq, olimlar kuniga uch marta qisqa mashqlar qorin qismidagi yog‘ni yo‘qotish uchun yordam berishini aniqlashgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют