» » Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi’ni siqib chiqaradi

Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi’ni siqib chiqaradi


Telecom, Media & Finance Associates konsalting kompaniyasining tahlillariga ko‘ra, bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish o‘z dolzarbligini yo‘qotmoqda va yaqin vaqt ichida bu texnologiya hech kimga kerak bo‘lmay qoladi. Bu holat birinchi navbatda AQShda yuz beradi. Agar avvalroq foydalanuvchilar yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish uchun kafe va restoranlarga kirgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib mobil operatorlar yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatishni ta’minlamoqda. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

2020-yilga borib soniyasiga bir necha o‘n gigabayt tezlikdagi ma’lumot uzatishni ta’minlovchi 5G texnologiyasi hamma joyda qo‘llanilishi mumkin. Dunyoning yetakchi mobil operatorlari tomonidan taqdim etilayotgan cheksiz internet tariflari Wi-Fi’ga qarshi turgan omillardan biriga aylandi.

Agar avvalroq foydalanuvchilar o‘z internet trafigini tejash uchun bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu zaruriyat o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. Biroq Wi-Fi texnologiyasi hozircha o‘zining ahamiyatini saqlab turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют