» » 1-iyun kuni Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

1-iyun kuni Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi


Ertaga, 1-iyun kuni Samarqand shahrida ba’zi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi, bu haqda Zarnews xabar qiladi.

 “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan, Samarqand shahrida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Soat 07:00 dan 09:00 gacha:

— Viloyat musiqali drama teatri oldidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan “Dinamo” o‘yingohigacha piyoda yurish marafoni davomida.

Soat 15:00 dan 23:00 gacha:

— A.Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan A.Temur ko‘chasi kesishmasigacha ;

— A.Temur ko‘chasining A.Jomiy ko‘chasi kesishmasidan Shohruxmirzo ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют