» » Chirchiqda kursantlar zirhli texnikalarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tabrikladi (foto)

Chirchiqda kursantlar zirhli texnikalarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tabrikladi (foto)


Kecha 30-may kuni, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanvuchilari holidan xabar olib, ularni o‘zgacha usulda bayram bilan muborakbod etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mehmonlarni xursandchilik kayfiyati bilan kutib oldi.

Harbiy xizmatchilar Mehribonlik uyiga harbiy texnikalarda kirib borganda bolajonlarning yuzida hayrat va quvonch hissi paydo bo‘ldi. Bolalar harbiy texnika va jangovar qurollar bilan tanishib, o‘z qo‘llari bilan ularni ushlab ko‘rdi.

Bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlar ko‘nglida unutilmas iz qoldirgan bo‘lsa, harbiylar tomonidan 108 nafar turli yoshdagi o‘g‘il-qizlarga tarqatilgan kitoblar va turfa sovg‘alar haqiqiy bayram sovg‘asiga aylandi.

Tashrif so‘ngida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining aksariyat qismi kelajakda, albatta, harbiy bo‘lib O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman, degan fikrni bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют