» » O‘zbekistonda tumanlarda ham oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallari tashkil etiladi

O‘zbekistonda tumanlarda ham oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallari tashkil etiladi


So‘nggi ikki kunda O‘zbekistonda 2 ta OTM tashkil etildi: TIQXMMIning Qarshi hamda TDIUning Samarqand filiallari. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Samarqand shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti filiali ochilishi bilan viloyat OTMlar soni bo‘yicha hududlar kesimida poytaxtdan so‘ng ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Respublikadagi OTMlarning hududlar kesimida joylashuvi:

Toshkent shahri — 42 ta;

Samarqand viloyati — 10 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9 ta;

Farg‘ona viloyati — 8 ta;

Surxondaryo viloyati — 6 ta;

Andijon viloyati — 5 ta;

Toshkent viloyati — 5 ta;

Buxoro viloyati — 4 ta;

Qashqadaryo viloyati — 4 ta;

Namangan viloyati — 3 ta;

Xorazm viloyati — 3 ta;

Jizzax viloyati — 2 ta;

Navoiy viloyati — 2 ta;

Sirdaryo viloyati — 1 ta.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda oliy ma’lumotli bo‘lishga nisbatan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda fuqarolar uchun oliy ta’lim olish imkoniyatini oshirib boradi.

Kelgusi yillar davomida OTMlar tarmog‘i yanada kengaytirilib, nafaqat viloyat markazlari va yirik shaharlar, balki respublikaning tumanlarida ham mahalliy va xorijiy OTMlar hamda ularning filiallari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 104 ta OTM faoliyat ko‘rsatadi, shundan 87 tasi mahalliy va 17 tasi xorijiy OTMlar hamda ularning filiallari. Ulardan 92 tasida o‘quv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 12 tasiga talabalar 2019/2020-o‘quv yilidan qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют