» » O‘zbekistonda 3,2 ming gektar yer maydoniga ekilgan urug‘lik g‘alla yaroqsiz deb topildi

O‘zbekistonda 3,2 ming gektar yer maydoniga ekilgan urug‘lik g‘alla yaroqsiz deb topildi


Mamlakatda 2019-yil hosili uchun 3 ming 886 fermer xo‘jaligi tomonidan 89 ming gektar maydonda urug‘lik don yetishtirilmoqda, deb xabar qiladi O‘zA.

Dastlabki dala aprobatsiya ko‘rigi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 3,2 ming gektar urug‘lik g‘alla ekilgan yer maydoni urug‘lik talabiga javob bermagani uchun yaroqsiz deb topildi. Xususan, begona o‘tlardan tozalanmagan 1 ming 382 gektar, begona nav aralashmalaridan saralanmagan 1 ming 271 gektar, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangani uchun 96 gektar yerga ekilgan urug‘lik g‘alla talabga javob bermasligi aniqlandi.

Prezidentning 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Urug‘chilikni rivojlantirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilib, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.

Mazkur dala aprobatsiya ko‘rigidan keyin yaroqli deb topilgan 85,8 ming gektar g‘alla maydoni ikkinchi marta nav va avlodlari bo‘yicha birma-bir qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2020-yil g‘alla hosili uchun serhosil, navdorlik sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga to‘liq javob beradigan navlardan yetarli miqdorda urug‘lik don jamg‘arish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli bo‘yrug‘i bilan hududlarda bosh aprobatorlar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari tayinlandi.

Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlar dala aprobatsiya ko‘rigini sifatli o‘tkazish uchun viloyatlarda agronom-aprobatorlarning mintaqaviy ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminarlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, joylarda urug‘lik g‘alla maydonlarini dala aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish tartibi bo‘yicha 114 tumanda aprobatorlarga tajribali mutaxassislar va olimlar tomonidan o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bugungi kunda, amalga oshirilayotgan bu tadbirlar natijasida 2020-yil g‘alla hosili uchun navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, serhosil g‘alla navlaridan urug‘lik don jamg‘arishga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют