» » Milliarder Devid Rokfeller vafot etdi

Milliarder Devid Rokfeller vafot etdi


Nyu-York shtatida amerikalik milliarder, Rokfellerlar oilasining eng keksa vakili Devid Rokfeller vafot etdi. Meduza’ning yozishicha, u 101 yoshda edi.

Forbes jurnali tomonidan 20-mart kuni e’lon qilingan jahon milliarderlari reytingida Devid Rokfeller 3,3 milliard dollar boylik bilan 581-o‘rindan joy olgan edi.

Devid Rokfeller birinchi dollar milliarderi, Standard Oil neft kompaniyasi asoschisi Jon Rokfellerning nevarasidir. U iqtisod yo‘nalishida ta’lim olgan, davlat xizmatida ishlagan va Ikkinchi Jahon urushida armiyada xizmat qilgan.

1946-yili keyinchalik jahonning eng yirik banklaridan biriga aylangan Chase National (Chase Manhattan, keyinroq JPMorgan Chase nomini olgan) bankida ish boshlagan. Rokfeller 1960-yili mazkur bankning prezidentiga aylangan, bir necha yildan so‘ng esa boshqaruv raisi va bosh direktori sifatida ishlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют