» » Samarqandda 10 kunlik kelinchak eri tomonidan tuqqan onasi ham tanimaydigan darajada kaltaklandi (foto)

Samarqandda 10 kunlik kelinchak eri tomonidan tuqqan onasi ham tanimaydigan darajada kaltaklandi (foto)


Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi Zuhra Umarova kelinligining o‘ninchi kunida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga tushdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Jabrdiydaning aytishicha, mash’um kecha eri muzqaymoq olib kelish bahonasida uydan chiqib ketib, mast holatda qaytib kelgan va janjal boshlab, uni shafqatsizlarcha kaltaklagan.

Zuhra eshik ichkaridan eri tomonidan yopib qo‘yilgani tufayli qaynonasi unga yordamga kelolmaganini aytadi.

O‘lgudek savalangan va hushini yo‘qotgan yosh kelinchak qo‘shni tomonidan kasalxonaga olib borilgan.

“Meni hatto tuqqan onam tanimadi”, — yig‘laydi Zuhra. Ayolning yuzlari shishib ketgan, ko‘zlari qontalash va deyarli ochilmaydi.

Kelinchakning onasi esa kuyovi ichki ishlar bo‘linmasiga olib borilgach, bir ozdan so‘ng u yerdan qo‘yib yuborilganini hikoya qildi. Huquq muhofazasi idorasi ostonasini tark etayotgan kuyov shu yerda turgan qaynonasini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan.

Zuhraning onasi, shuningdek, ichki ishlar xodimlari “qizingizni o‘z pulingizga davolating, u oiladan pul so‘rab yurmang” deya maslahat berganini qo‘shimcha qildi.

“O‘zingizga qimmatga tushadi” degan so‘zlardan so‘ng ona o‘z jigarbandini hatto tibbiy ekspertizadan ham o‘tkazmagan.

Zuhra Umarova Xotin-qizlar qo‘mitasi u bilan yuz bergan hodisaga e’tiborsiz bo‘lmasligiga umid qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют