» » Xitoyning AQShga javoban joriy etgan boj to‘lovlari kuchga kirdi

Xitoyning AQShga javoban joriy etgan boj to‘lovlari kuchga kirdi


Xitoy tomonidan AQShga javob sifatida ushbu mamlakatdan keluvchi 5000 turdan ortiq tovarlarga joriy etgan jami 60 milliard dollarlik boj to‘lovlari kuchga kirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Tovar turidan kelib chiqib boj to‘lovi 5 foizdan 25 foizgacha bo‘ladi. Xitoy hukumati bu kabi choralarni amalga oshirishga AQSh tomonidan joriy yilning may oyida Xitoy mahsulotlariga qo‘yilgan bojning ko‘tarishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo muzokaralarini olib bordi.

10-maydan boshlab AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘yilgan boj to‘lovlarini 10 foizdan 25 fozigacha, jami 200 milliard dollarga ko‘targan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Xitoydan keltirilayotgan tovarlarga boj to‘lovi joriy etilishi Amerika kompaniyalarining Xitoydan chiqib ketishiga sabab bo‘lishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют