» » Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi sanasi aniq bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi sanasi aniq bo‘ldi


Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi muddati va manzili ma’lum bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bektemir joriy yilning 13-iyun kuni professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi. Jang AQShning Kaliforniya shtatidagi Kosta Mesa shahrida joylashgan The Hangar ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning debyut jangi “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют