» » Shavkat Mirziyoyev mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish zarurligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish zarurligini bildirdi


Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahri Davlat xizmatlari markazining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda Ohangaron shahrida 37 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

2018-yil davomida markaz tomonidan jami 7 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6 mingdan ortdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, oshxona, investorlar uchun maxsus xonalar hamda bepul Wi-Fi tashkil etilgan.

Davlat rahbarining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ushbu markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil etildi.

Prezident aholi ko‘p murojaat qilayotgan masalalarni o‘rganib, shunga taalluqli sharoitlarni yaxshilash, talab etiladigan hujjatlarni kamaytirib borish zarurligini ta’kidladi. Davlat xizmatlari markazi tizimidan foydalangan holda mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют