» » Janubiy Koreya hukumati KXDRda qatl etilgan amaldorlar haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Janubiy Koreya hukumati KXDRda qatl etilgan amaldorlar haqidagi xabarga oydinlik kiritdi


Janubiy Koreya hukumatining ta’kidlashicha, KXDRdagi yuqori martabali amaldorlarning qatl etilishiga Xanoyda o‘tkazilgan Amerika—Shimoliy Koreya sammitining muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab bo‘lmagan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy birdamlik ishlari bo‘yicha vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Avvalroq, Bloomberg agentligi Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo gazetasiga tayanib, KXDR rahbari Kim Chen In sammit doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishuvga erishga olmagani sabab bir nechta yuqori martabali amaldorlarni qatl etishni buyurganini ma’lum qilgandi.

Idoraning qayd etishicha, yuqorida keltirilgan harakatlarning birortasi aslida bo‘lmagan.

“Shimoliy Koreya ushbu xabarni rasman tasdiqlamadi, shu sabab biz ham tasdiqlay olmaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют