» » Vengriyaning janubiy chegarasida harbiy baza quriladi. U Turkiya orqali kelayotgan muhojirlarga qarshi kurashadi

Vengriyaning janubiy chegarasida harbiy baza quriladi. U Turkiya orqali kelayotgan muhojirlarga qarshi kurashadi


Vengriya mudofaa vaziri Ishtvan Simichko mamlakatning janubiy chegarasida uncha katta bo‘lmagan harbiy baza tashkil etilishini ma’lum qildi. “Kommersant”ning yozishicha, bu baza muhojirlar oqimini cheklash maqsadida ochiladi.

“Biz uchun eng asosiysi — Vengriya fuqarolarini, oilamiz a’zolarini himoya qilishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Vengriya mudofaa vaziri.

Poytaxt Budapeshtdan 220 kilometr janubda qad rostlaydigan Xertsegsanto harbiy bazasi 150 harbiy xizmatchini sig‘dira oladi. Harbiylar davlat chegarasini mamlakat hududiga kirishga urinayotgan “yuz minglab muhojirlar”dan himoya qiladi.

Turkiyadan kelayotgan muhojirlar oqimiga qarshi turish uchun Vengriya hukumati avvalroq Serbiya bilan chegarasida to‘siq qurishga qaror qilgan edi. May oyida to‘siqning ikkinchi qatori qurib bitkazilishi kerak. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning so‘zlariga ko‘ra, to‘siq kuzatuv tizimi bilan ta’minlanadi va u muhojirlarning katta oqimini ham to‘xtatib qola oladi.

Vengriya chegara nazoratini kuchaytirish haqida dastlab 2015-yilda, mamlakatda 400 mingga yaqin muhojir kirib kelganidan so‘ng jiddiy bosh qotirgan edi. 2016-yili Vengriya milliy migratsiya siyosatini yanada qat’iylashtirishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют