» » Leningraddagi qurilishda jarohatlangan o‘zbekistonliklar taqdiri ma’lum bo‘ldi

Leningraddagi qurilishda jarohatlangan o‘zbekistonliklar taqdiri ma’lum bo‘ldi


Rossiyaning Leningrad viloyatidagi qurilishda jarohatlangan yetti kishi hozir kasalxonada davolanmoqda, deb xabar berdi Sputnik.

Bundan avval qurilish obyektidagi havozalar qulab ketishi natijasida yetti kishi, jumladan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangani ma’lum qilingan edi.

Bosh pudratchi bu loyiha bo‘yicha subpudratchilar shug‘ullanishi va ular haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, quruvchilarning ikki nafari maxsus vertolyotda Leningrad viloyati kasalxonasiga og‘ir ahvolda keltirilgan. Bemorlar darhol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va operatsiya qilingan.

Hozirda ular umumiy bo‘limga o‘tkazilgan. Keyinroq bu kasalxonaga uchinchi quruvchi olib kelingan, yana biri esa Vsevolojskiy tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan.

O‘zbekistonning bosh konsulxonasi Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan va mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют