» » “Manchester Siti” “Yuventus” himoyachisi uchun 70 mln yevro taklif qildi

“Manchester Siti” “Yuventus” himoyachisi uchun 70 mln yevro taklif qildi


“Manchester Siti” Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Joau Konseluni sotib olmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi uchun 70 million yevro bilan taklif bilan chiqqan. Bundan tashqari Konseluning xizmatiga Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Konselu “Yuventus”ga 2018-yilning yozida “Valensiya”dan 40 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilda tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi Italiya A Seriyasining 2018/19-yilgi mavsumida 25 ta uchrashuvda (22 tasida asosiy tarkibda) maydonga tushib, 1 ta gol urib, 4 ta golga assistentlik qildi hamda 6 ta sariq kartochka ishlab oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют