» » Orolboyi hududida chol osimliklari blok-inkubatorlarda yetishtiriladi

Orolboyi hududida chol osimliklari blok-inkubatorlarda yetishtiriladi


Prezident huzuridagi Xalqaro Orolboyi innovatsiya markaziga 25-may kuni Yaponiyaning OYO korporatsiyasi vakillari Kazuxiro Azami va Sunao Oboyashi tashrif buyurdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

OYO ekologik talofatlar, tabiiy ofatlar tufayli yer yuzi va yer ostida roy bergan salbiy ozgarishlarni organish, baholash hamda bartaraf etish boyicha faoliyat olib boruvchi yirik korporatsiya.

Korporatsiya vakillarining Qoraqalpogistonga tashrifi chogida Xalqaro Orolboyi innovatsiya markazi, OYO korporatsiyasi va Ozbekiston Ormon xojaligi ilmiy-tadqiqot instituti ortasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga kora, OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda mahalliy xomashyodan chol osimliklarini yetishtirish uchun inkubator-bloklarni tayyorlash ilgor texnologiyasi joriy etilishiga kelishildi.

Blok-inkubatorlarni tayyorlash boyicha ishlar Moynoq ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasida boshlandi.

Kazuxiro Azami va Sunao Oboyashi ishtirokida 25-maydan 2-iyungacha bolgan davrda yopiq ildizli tizimda saksovul yetishtirish texnologiyasi boyicha 3000 dona blok-inkubatorlar tayyorlanishi kozda tutilgan bolib, keyinchalik blok-inkubatorlarda yetishtirilgan saksovul kochatlari Orol dengizi qurigan tubining muayyan uchastkalariga ekiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -