» » Yosh amerikaliklarning 57 foizi Trampni “noqonuniy prezident” deb hisoblaydi

Yosh amerikaliklarning 57 foizi Trampni “noqonuniy prezident” deb hisoblaydi


GenForward jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yosh amerikaliklarning qariyb 57 foizi Donald Trampni “noqonuniy prezident” deb hisoblaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

So‘rovnoma 18—30 yosh oralig‘idagi fuqarolar orasida o‘tkazilgan. Trampni eng ko‘p oq tanli yoshlar qo‘llab-quvvatlagan — 53 foiz. Afroamerikaliklar orasida Trampning muxoliflari ko‘pi — so‘rovnomada qatnashgan qora tanlilarning 74 foizi Trampni “noqonuniy” prezident deb atagan.

Qayd etishlaricha, so‘rovnomada nafaqat afroamerikaliklar, balki Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelgan fuqarolar va kelib chiqishi Osiyoga borib taqaluvchi yoshlar ham qatnashgan.

Avvalroq Trampning siyosatini aholi tomonidan ma’qullash reytingi 37 foizgacha tushib ketgani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют