» » Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi yangi ochilgan bolalar bog‘chasini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi yangi ochilgan bolalar bog‘chasini ko‘zdan kechirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi «Qaldirg‘och» davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu bog‘cha “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallasi aholisining og‘irini yengil qildi. Bu yerda tashkil etilgan 4 asosiy va 3 qisqa muddatli guruhlarda 160 dan ziyod bolaga zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya berish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bu yerda yozgi o‘yin maydonchasi, cho‘milish havzasi, futbol maydonchasi, sport va musiqa zallari tashkil etilgan, Xonalar rivojlantiruvchi o‘yinlar va ko‘rgazmali vositalar, bolalar o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun zarur barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Bog‘chada 32 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi.

Prezident bog‘chadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, soha mutasaddilari va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi. O‘zbekiston kelajagini ta’minlaydigan kadrlarni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanishi, yangi bog‘chalar qurish va bolalarni qamrab olishni kengaytirish orqali bunga zamin yaratilayotganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют